Dunyodagi eng aqlli davlatlar reytingi e’lon qilindi
Yangilangan reyting har yili turli mamlakatlar rezidentlaridan olingan test natijalarini tahlil qiluvchi «International IQ Test» rasmiy saytida e’lon qilindi, deya xabar beradi “Belnovosti” muxbiri.
Shartlarga ko‘ra, reytingda qatnashish uchun har bir mamlakatdan kamida 100 nafar respondent ishtirok etishi lozim. 2026 yilgi tanlovga 137 mamlakatdan 1,2 milliondan ortiq odam ma’lumotlari kiritildi.
Reytingda 106,97 (IQ) natija bilan Koreya Respublikasi yetakchilik qildi. Janubiy koreyaliklar 0,54 ball to‘plab, o‘tgan yili birinchi o‘rinni egallab turgan Xitoyni ortda qoldirdi.
Xitoy aholisining o‘rtacha IQ darajasi 106,48 ga tushdi. Yaponiyalik ishtirokchilar 106,33 natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Eron va Avstraliya ham kuchli beshlidan joy oldi.
Rossiya o‘tgan yilgi ko‘rsatkichini yaxshilab, oltinchi o‘rinni egalladi. Rossiyaliklarning o‘rtacha IQ darajasi 103,78 ballga teng keldi.
Aqllilik darajasi 101,05 ballga yetgan Belarus davlati 17-o‘rindan joy oldi, Amerika Qo‘shma Shtatlari Belarusdan keyingi 18-o‘rinda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida faqat Ispaniya, Kipr va Sloveniya kuchli yigirmatalikka kirib, mos ravishda 11, 12 va 16-o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Tadqiqot tashkilotchilari deyarli 85 foiz mamlakatlarning o‘rtacha IQ darajasi o‘tgan yilga nisbatan ikki darajaga ko‘tarilmaganligini qayd etishdi. Bu esa ko‘rsatkichlar barqarorligi haqida gapiradi va natijalarni sezilarli farqlarsiz solishtirish imkonini beradi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.