22 yoshli kelinchak erining yuziga sirka sepib jarohat yetkazdi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida oilaviy janjal yuz berdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2019 yil 20 iyul kuni soat 20:00larda Xonchorbog‘ MFYda yashovchi 22 yoshli Sh.A. Obod turmush MFY hududida o‘zaro janjal tufayli Oqdaryo mahallasida yashovchi 33 yoshli S.B.ning yuziga qo‘lida bo‘lgan yelim idishdagi sirka kimyoviy aralashmasini sepib yuborgan.
Natijada S.B. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Sh.A. esa ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.