Adliyachilar konigilliklarning huquqiy muammolarini o‘rgandi
Aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda «Huquqiy mahalla» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ayni loyiha doirasida viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand tumani «Konigil» turizm mahallasida «Xizmatlar ko‘rsatish kuni» tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda 90 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglanib, 42 tasi ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, 35 nafar fuqaroning fuqarolik holati hujjatlariga o‘zgartirish kiritish, elektron hukumat tizimidagi xatoliklarni bartaraf etish, soliq, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolari joyida hal qilindi. 24 nafar fuqaroga davlat, notarial va FHDYo xizmatlari ko‘rsatildi. 60 nafardan ortiq fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davlat tomonidan ajratiladigan bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi.