Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Xizmat davrida "saxar" kasalligi orttirgan harbiyga suğurta puli undirib berildi

Samarqanddagi bu holat ijtimoiy himoya qonun bilan kafolatlangan huquq ekanligini amaldagi isboti böldi. Aslida inson qadri, uning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaş huquqiy demokratik davlatning muhim vazifalaridan biri.

Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida uşbu muhim tamoyil özining huquqiy ifodasini topgan. Unda şunday belgilangan:

«Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yöqotganda, işsizlikda, şuningdek boquvçisini yöqotganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boşqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emas».

Mazkur konstitutsiyaviy norma ijtimoiy himoya şunçaki davlatning xayriya yoki yordam körsatişi emas, balki har bir insonning kafolatlangan huquqi ekanini anglatadi. Uşbu huquqni amalda taʼminlaşda davlat majburiy suğurtasi ham muhim huquqiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Bu borada fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudida körib çiqilgan bir fuqarolik işi eʼtiborga molikdir.

Xizmat davrida orttirilgan kasallik

Daʼvogar Jasur Aliyev (ism, familiyalar şartli) 2015 yildan boşlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida harbiy xizmatçi sifatida xizmat qilib kelgan. Xizmatni ötaş davrida unda I tur qandli diabet kasalligi aniqlangan.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasining 2023 yil 28 apreldagi 206/t-sonli guvohnomasida daʼvogarda I tur qandli diabet, örta oğir daraja, subkompensatsiya bosqiçi hamda boşqa tibbiy holatlar mavjudligi qayd etilgan. Şuningdek, kasallik harbiy xizmatni ötaş davrida orttirilganligi körsatilib, u tinçlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023 yil 20 avgustdagi 344-sonli buyruğiga asosan J.Aliyev harbiy xizmatdan zaxiraga böşatilgan. Biroq uning soğliği bilan boğliq muammolar şu bilan tugamadi. Samarqand viloyati 67-tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan ötkazilgan qayta tibbiy körik natijasida 2024 yil 4 maydagi maʼlumotnoma bilan unga «Harbiy xizmatni ötaş davrida orttirilgan kasallik» sababi böyiça II guruh nogironligi belgilangan.

Hujjatlarda kasallaniş boşlangan sana 2024 yil 7 fevral deb qayd etilgan. Demak, nogironlik harbiy xizmatdan böşatilganidan keyin bir yillik qonuniy muddat içida belgilangan.

Amaldagi tartibga köra, harbiy xizmatçilarning davlat majburiy suğurtasi böyiça xizmatdan böşatilgandan keyin bir yil mobaynida xizmatni ötaş bilan boğliq nogironlik belgilanişi suğurta tölovini amalga oşiriş uçun nazarda tutilgan asoslardan biri hisoblanadi.

Şunga qaramay, suğurta kompaniyasi tomonidan fuqaroga tegişli suğurta tovonini tölaş rad etilgan.

Nega?

«N» suğurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyati filiali 2026 yil 16 iyuldagi xati bilan suğurta tölovini amalga oşiriş uçun huquqiy asos mavjud emasligini bildirgan.

Kompaniya javobida 2024 yil 4 noyabrda davlat röyxatidan ötkazilgan buyruq bilan tasdiqlangan Nizom talablariga tayangan. Şuningdek, kompaniyaning vraç-konsultanti tomonidan bildirilgan «I tur qandli diabet genetik-nasliy kasallik bölib, harbiy xizmatni ötaş bilan boğliq emas» degan fikr rad etiş uçun asos qilib körsatilgan. Biroq bu holatda muhim bir jihat mavjud edi: vakolatli davlat tibbiy ijtimoiy ekspertiza organi tomonidan fuqaroga aynan «Harbiy xizmatni ötaş davrida orttirilgan kasallik» sababi bilan II guruh nogironligi belgilangan.

Jasur Aliyev öz huquqlarini sud orqali himoya qiliş maqsadida fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudiga murojaat qilib, suğurta kompaniyasining rad javobini haqiqiy emas, deb topiş hamda II guruh nogironligi uçun qonunçilikda belgilangan miqdorda suğurta tovonini undirişni söragan.

Sud qanday qarorga keldi?

Fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudining joriy yil 13 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi suğurta tovonini undiriş qismida qanoatlantirilgan.

Sud qaroriga asosan, javobgar «N» suğurta kompaniyasidan daʼvogar J.Aliyev foydasiga 18 million 480 ming söm davlat majburiy suğurta puli undirilgan.

Bundan taşqari, javobgardan davlat foydasiga 739 ming 200 söm davlat boji hamda Oliy sud depozitiga 103 ming söm video konferens-aloqa xarajatlari undirilişi belgilangan.
Öquvçida savol tuğiliş mumkin, sud qaysi asoslarga köra, bunday qaror qabul qildi?

Qayd etiş lozim, Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 4 noyabrda 3568-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan buyruği asosida «Harbiy xizmatçilar va harbiy xizmatga majburlarning, şuningdek maxsus unvonga ega bölgan xodimlarning davlat majburiy suğurtasini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom» tasdiqlangan. Uşbu Nizomning 2-bandi «v» kiçik bandiga muvofiq, suğurtalangan şaxs xizmatdan böşatilganidan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni ötaş bilan boğliq nogironlik belgilangan taqdirda suğurta tölovi amalga oşirilişi nazarda tutilgan.

Bunda nogironlik guruhiga qarab suğurta tölovi miqdori farqlanadi.

Xususan:

I guruh nogironligi böyiça tegişli suğurta tölovining 75 foizi;

II guruh nogironligi böyiça 50 foizi;

III guruh nogironligi böyiça 30 foizi tölanişi belgilangan.

Mazkur işda daʼvogarga harbiy xizmatdan böşatilganidan keyin bir yillik muddat içida xizmatni ötaş davrida orttirilgan kasallik sababli II guruh nogironligi belgilangani iş hujjatlari bilan tasdiqlangan.

Bunday kafolatlarning amalda taʼminlanişi nafaqat muayyan fuqaroning huquqlari tiklanişi, balki davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy himoya mexanizmlarining samarali işlaşi uçun ham muhimdir.

Qonun ustuvorligi - inson manfaatlari himoyasining asosi

Mazkur iş misolida yana bir muhim huquqiy masalaga eʼtibor qaratiş lozim. Suğurta taşkilotlari suğurta hodisasini körib çiqişda tegişli hujjatlarni örganiş, qonunçilik talablarini töğri qöllaş va vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan xulosalarni inobatga olişlari şart.

Albatta, suğurta taşkiloti suğurta hodisasining mavjudligi va tölov uçun zarur şartlar bajarilganligini tekşiriş huquqiga ega. Biroq bunday tekşiruv qonunçilikda belgilangan vakolatlar doirasidan çetga çiqmasligi, rasmiy hujjatlarga asossiz şubha bilan yondaşmasligi lozim.

Ayniqsa, insonning nogironlik holati, uning sababi va xizmat bilan boğliqligi vakolatli tibbiy-ijtimoiy ekspertiza organi tomonidan belgilangan bölsa, uşbu hujjatlarga huquqiy baho berişda qonunçilikda belgilangan tartibga amal qilinişi muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyaning 46-moddasida mustahkamlangan ijtimoiy taʼminot huquqi ham aynan şunday holatlarda özining amaliy ahamiyatini namoyon etadi. Zero, qonun bilan belgilangan ijtimoiy kafolatlar qoğozda qolib ketmasdan, har bir fuqaro hayotida real natija berişi kerak.

Furqat Anorov,

fuqarolik işlari böyiça viloyat sudlov hayʼati sudyasi.