Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Ösimlik qoldiqlari — çiqindi emas, balki tabiiy öğit manbai

Bugungi kunda atrof-muhit musaffoligini taʼminlaş, çiqindilar miqdorini kamaytiriş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş ekologiya sohasidagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida köça, xiyobon, boğ va yaşil hududlarda töplanadigan ösimlik qoldiqlari hamda barg-xazonlarni töğri boşqariş muhim ahamiyat kasb etadi.


Şu maqsadda Samarqand şahri va Jomboy tumanida joylarda töplanib qolgan ösimlik qoldiqlari va barg-xazonlarni kompostlaş orqali tabiiy öğitga aylantiriş işlari yölga qöyildi.

Mazkur hududlarda uşbu jarayonni tizimli taşkil etiş maqsadida 10 dan ortiq maxsus kompostlaş xandaqlari tayyorlandi. Endilikda turli yaşil hududlardan yiğib kelingan ösimlik qoldiqlari va barg-xazonlar uşbu xandaqlarga joylaştirilib, ziçlanadi hamda belgilangan tartibda kömiladi. Natijada organik qoldiqlarning tabiiy parçalanişi uçun şaroit yaratiladi va maʼlum vaqt davomida ular unumdor kompost öğitiga aylanadi.

Kompostlaş — ekologik muammoga oqilona yeçim


Aslida, daraxt barglari, ösimlik poyalari va boşqa biologik qoldiqlar oddiy çiqindi emas. Ular tarkibida tuproq unumdorligi uçun zarur bölgan organik moddalar mavjud. Uşbu qoldiqlarni oçiq maydonlarda yoqib yuboriş havoga zararli moddalar tarqalişiga sabab bölsa, ularni poligonlarga olib çiqiş esa çiqindilar hajmining ortişiga olib keladi.

Kompostlaş usuli esa uşbu muammolarga muqobil va ekologik jihatdan samarali yeçim hisoblanadi. Çunki organik qoldiqlarni töğri qayta işlaş orqali tuproq tarkibini boyitiş, uning namlikni saqlaş xususiyatini yaxşilaş hamda mineral öğitlarga bölgan ehtiyojni maʼlum darajada kamaytiriş mumkin.

Ekologik samaradorlik va kelgusidagi vazifalar

Samarqand şahri va Jomboy tumanida yölga qöyilgan uşbu amaliyotning ahamiyati faqat barg-xazonlarni yiğiştiriş bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, tabiatdan olingan organik resurslarni yana tabiatga foydali mahsulot sifatida qaytariş imkoniyati yaratilmoqda.

Buning uçun kompostlaş jarayonida namlik va havo almaşinuvini nazorat qiliş, organik massaning yetarliça parçalanişini taʼminlaş hamda tayyor bölgan kompostning sifatini tekşiriş muhimdir. Şuningdek, tayyor öğitdan boğlar, xiyobonlar, kökalamzorlaştiriş maydonlari va qişloq xöjaligi yerlarida foydalaniş mumkin.


Samarqand viloyati ekologiya boş boşqarmasi matbuot xizmati.