Quş parvozi balandligidagi dunyo
«Siena Drone Photo Awards 2026» tanlovi dunyoning turli burçaklaridan isteʼdodli fotosuratçilarni bir joyga jamladi.
Nufuzli “Siena Awards” turkumiga kiruvçi uşbu xalqaro tanlov dronlar, vertolyotlar, samolyotlar, havo şarlari va boşqa uçiş vositalari yordamida olingan ajoyib suratlarni eʼtirof etadi.
Ayniqsa, tanlovda namoyiş etilgan rakurslarning xilma-xilligi kişini hayratga soladi: yerdan turib közga taşlanmaydigan taniş manzillar mavhum sanʼat asarlariga aylanadi, aerosuratlardagi tabiat manzaralari öziga xos naqşlarni hosil qiladi, kundalik hayot lavhalari esa kutilmagan tarzda oçiladi. Bunday suratlarni oliş uçun şunçaki dronni havoga kötarişning özi yetarli emas, albatta. Buning uçun mukammal lahza, kompozitsiya, sabr-toqat hamda suratkaşning ijodiy nigohi hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Ona tabiat kirdikorlari

Quvaytning Muborak al-Kabir hududiga yopirilayotgan çang böronini tasvirlab bergan “Ona Tabiatning kirdikorlari” tasviri muallifi “Şahar muhiti” nominatsiyasida birinçi örinni egalladi.
Ikki davr tutaşgan joy

Janubiy Koreyaning Mulmangol manzilgohidagi uyğunlik “Ikki davr tutaşgan joy” deb ataldi. Kompozitsiya “Şahar muhiti” nominatsiyasida ikkinçi örinni olişga muvaffaq böldi.
Köz öngingizdagi yaşiriniş

“Yovvoyi tabiat” nominatsiyasidagi birinçi örin egasi öz suratida toşlar orasida mohirona niqoblangan ikki qoplonning qoya kamarida osoyişta dam olayotgani tasvirlab beradi.
Bolalar boğçasi qöriqçisi

Tuz köli sohilidagi şörxokliklarda töplangan minglab endigina tuxumdan çiqqan jöjalar orasida bitta voyaga yetgan flamingo ajralib turadi. Flamingo jöjalari mana şunday öziga xos “boğça”larda birga ulğayadi. Bir neçta katta yoşli quşlar polaponlar hayotidagi eng zaif davrni eson-omon ötkazişlariga yordam berib, ularni himoya qiladi. Tabiiy “bolalar boğçasi”ga “Yovvoyi tabiat” nominatsiyasidagi ikkinçi örin berildi.
Hoy, meni taşlab ketmang...

Bu surat “Yovvoyi tabiat” nominatsiyasi hakamlar hayʼati tomonidan alohida eʼtirof etildi. Okeandan sakrab çiqqan tojli pingvinlar suv böyidayoq patlarini tartibga keltirib olişadi, söng qirğoq böylab yugurib, qoyalar orasidagi in quriladigan joylariga yöl olişadi. Ulardan biri, boşqalardan biroz orqada qolib ketgan pingvin şeriklariga yetib olişga harakat qilyapti.
Şilimşiq parda

“Yovvoyi tabiat” nominatsiyasidagi hakamlar hayʼati bergan yuksak baho: Meri daryosi ötloqlardagi botqoqli hududlar böylab sirğalib borayotgan timsohning baquvvat tanasi loyli yerlarda nafis, deyarli ilonsimon izlar qoldirmoqda.
Muhtaşam şarşara

“Tabiat” nominatsiyasida iştirok etgan suratkaşlar Indoneziyaning Yava orolidagi köp sonli şarşaralardan biri – balandligi 120 metrga yetadigan uluğvor “Tumpak-Sevu” şarşarasini aynan şu burçakdan tasvirga olişga muvaffaq bölişdi. Uşbu surat öz toifasidagilar qatorida yuksak baho berilib, eʼtirof etildi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.