Qani kim zo‘r keladi? Bu sport turlari nimjonlar uchun emas
G‘alati sport turlari haqida hamma narsani bilaman deb o‘ylaysizmi? Olovli to‘p bilan o‘ynaladigan futbol yoki ulkan doskadagi shaxmat endi sizni ajablantirmay qo‘ya qolsin. Dunyoda shunday g‘ayrioddiy sport an’analari borki, ular odamni beixtiyor: «Bu qanday bo‘lishi mumkin?!» deb hayqirishga majbur qiladi.
«Cholita-resling», Boliviya
La-Pasda an’anaviy soldat kotelogi kiyib olgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan “Kurashchi cholitalar” keng etakli va og‘ir hajmli ko‘ylaklarda kurash maydoniga chiqib, sport turidan ko‘ra ko‘proq tomoshabop va ko‘ngilochar shouni eslatadigan tomosha ko‘rsatishadi. Ilgari haqoratli so‘z hisoblangan “cholita” atamasi bugungi kunda kuch-quvvat ramziga aylangan.
Xalqaro vannalar regatasi, Belgiya

Bunday g‘alati suv poygasi Belgiyaning Dinan shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar turli xil ijodiy usullarda bezatilgan... oddiy vannalarda poygalashadi. Bu yerda qat’iy qoidalar yo‘q — asosiy maqsad to‘lqinlar, shamol va tomoshabinlarning kulgusiga qaramay, marra chizig‘iga yetib olishdir.
Yog‘och xodada uchish, Yaponiya

Yaponiyaning Suva shahrida har olti yilda bir marta “Onbashira” festivali bo‘lib o‘tadi: unda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygan erkaklar, tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab ulkan yog‘och xodalar ustida pastga qarab “uchishadi”. Manzilga muvaffaqiyatli yetib kelgan yog‘och-xodalar keyinchalik mahalliy ibodatxona uchun ustun vazifasini o‘taydi.
Apelsinlar jangi, Italiya

Italiyaning Ivrea shahrida minglab odamlar uch kun davomida zolim hukmdorlarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon xotirasiga bag‘ishlab bir-birlariga apelsin otishadi. Ishtirokchilar rang-barang liboslar kiygan holda “isyonchilar” va “qal’a himoyachilari” guruhlariga bo‘linadilar.
Lama poygalari, AQSh

Koloradoda ishtirokchilar cho‘zma arqon yoki bog‘ich yordamida Janubiy Amerika tuyasi - lamalarni yetaklagan holda 5 kilometr masofaga yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. Ushbu tadbir inson tana a’zolari donorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya festivalining bir qismidir.
Chegaradagi baliq uloqtirish, AQSh

Odamlar Florida va Alabama shtatlarini ajratib turuvchi chegara chizig‘i orqali kefal balig‘ini uloqtirayotgan ishtirokchilarni kuzatish uchun Flora-Bama plyajiga yig‘ilishadi. Keyinchalik bu baliqlar olovda pishiriladi va tatib ko‘rishni istagan barchaga taqdim etiladi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.