Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Viloyat Kengaşining qirqinçi sessiyasi 27 noyabr kuni ötkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşi raisi Ş.Negmatovning bugun qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengaşining yettinçi çaqiriq, navbatdagi qirqinçi sessiyasini çaqiriş töğrisida"gi Farmoyişida maʼlum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar körib çiqiladi:

- Payariq tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida Payariq tumani hokimi Ş.Xudoyberdiyevning hisoboti haqida;

- Qöşrabot tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida Qöşrabot tumani hokimi D.Şakarboyevning hisoboti haqida;

- Samarqand viloyatida 2026 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş, tadbirkorlik muhitini yaratiş va aholi daromadini oşiriş maqsadida şakllantirilgan loyihalarning manzilli dasturiga özgartiriş, qöşimçalar kiritiş va tender yakunlariga köra aniqlaştirilgan parametrlarini tasdiqlaş hamda iqtisod qilingan mablağlarga qöşimça yangi loyihalarni moliyalaştiriş töğrisida;

- “Qişloq joylarni kompleks rivojlantiriş” (2-bosqiç) loyihalari doirasida qöşimça kiritilişi belgilangan Kattaqörğon şahri va Kattaqörğon tumanining mahallalarida amalga oşiriladigan infratuzilmani yaxşilaş loyihalarning manzilli röyxatini tasdiqlaş töğrisida;

- Samarqand tumani “Döstlik” va Toyloq tumani “Şopölat” sanoat zonasi hududini optimallaştiriş hamda Urgut tumani “Birlik” sanoat zonasi maqomini töliq bekor qiliş töğrisida;

- özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida;

- viloyat mahalliy byudjetining qöşimça manbalaridan foydalaniş töğrisida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining 2026 yil 26 fevraldagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga şakllangan erkin qoldiq mablağlaridan foydalaniş töğrisida”gi qaroriga özgartiriş kiritiş töğrisida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining 2026 yil 7 avgustdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qöşimça manbalaridan foydalaniş töğrisida”gi qaroriga özgartiriş kiritiş töğrisida.