Samarqandda Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqiçi boşlandi
Bugun Samarqand şahridagi 20-umumiy örta taʼlim maktabida Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqiçiga start berildi.
- Harvard universiteti kutubxonasi devoriga 15 ta motivatsion iboralar yozilgan, ulardan biri: “Agar sen bugun uxlasang, albatta orzuyingni körasan. Agar uxlaş örniga öqisang (mehnat qilsang), orzuyingga erişasan” deyilgan, - deb söz boşladi viloyat taʼlim va ilm-fan boşqarmasi boşliği R.Yöldoşev. - Inson dangasalik qilmasdan, maqsad sari tinimsiz harakat qilsa, albatta orzusiga erişadi. Siz fan olimpiadasining tuman (şahar) bosqiçida qariyb 35 ming öquvçi orasidan saralanib, şu bosqiçga yetib keldingiz. Bu yutuğingiz bilan tabriklayman. Olimpiadaning viloyat bosqiçida barçangizga omad tilayman.
Darhaqiqat, bu yilgi Asosiy fan olimpiadasining tuman (şahar) bosqiçi bir vaqtning özida onlayn tarzda taşkil etildi. Öquvçilardan fanlar böyiça test sinovlari olindi.

- Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqiçida 15 ta fandan 2010 nafar öquvçi qatnaşyapti, - dedi viloyat taʼlim va ilm-fan boşqarmasi öquvçilarning bilimini baholaş va tahlil qiliş şuʼbasi boşliği Şahzoda Hamidova. – Viloyat bosqiçida informatika fanidan onlayn, qolgan fanlardan yozma iş olinadi. Imtihonga tört soat vaqt beriladi.
Olimpiadaning tuman (şahar) bosqiçida umumtaʼlim maktablari öquvçilari qatnaşgan bölsa, viloyat bosqiçida akademik litseylar, ixtisoslaşgan maktablar va Prezident maktablari öquvçilar töğridan töğri qatnaşadi.

- Men Samarqand şahridagi 81-umumiy örta taʼlim maktabida matematika fanidan dars beraman, - deydi Elbek Tursunov. - SAT sertifikatiga ega oliy toifali öqituvçiman. Bugungi fan olimpiadasiga öquvçim Elyor Erdonov qatnaşyapti. U fan olimpiadasining şahar bosqiçida iştirok etib, birinçi örinni oldi. Endi nasib bölsa, viloyat bosqiçida ham faxrli örinlarni olişiga umid qilyapmiz.
Asosiy fan olimpiadasida ğolib bölgan öquvçilar respublika bosqiçida qatnaşadi, şuningdek öquvçilar xalqaro fan olimpiadalariga ham saralanadi. Olimpiadaning şaffof va adolatli ötkazilişini taʼminlaş maqsadida oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilaridan tuzilgan hakamlar hayʼati jalb etilgan, ular öquvçilarning bilimini baholaydi.
Olimpiada jarayonlari 9 dekabrga qadar davom etadi.
Xurşida Ernazarova.