Xalqaro ingliz tili olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi 82-maktabda xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi - hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Bunda, xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning birinchi – tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari, shuningdek, Prezident maktabi hamda  Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filialidan 1–4-sinf (Junior) hamda 5-11-sinf (Senior) o‘quvchilaridan iborat bittadan jamoa, 192 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Mazkur bosqichda ishtirokchilar 7 daqiqa davomida “Sun’iy intellekt (IT)” mavzusida sahna ko‘rinishlarini, ya’ni o‘z loyiha taqdimotlarini namoyish etdi. 5-11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalarga 3-turda test topshiriqlari taqdim etildi. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.

Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi - hududiy bosqichida junior (1-4-sinf o‘quvchilari) toifasida Kattaqo‘rg‘on shahrining 3-maktab jamoasi 1-o‘rinni egallab, saralashning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning ikkinchi - hududiy bosqichida senior (5-11-sinf o‘quvchilari) toifasida Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1-o‘rinni egallab, saralashning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.