Samarqandda Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
- 26.11.2025 15:36
- 28
- Ta’lim
Fan olimpiadasi Samarqand shahrining 82-umumiy o‘rta ta’lim maskanida tashkil etildi.
Unda birinchi guruh, ya’ni matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlaridan 9-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Shuningdek, 1-3 dekabr kunlari ikkinchi guruh fanlaridan fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichida tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan 2 841 nafar o‘quvchi qatnashadi.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida olimpiada jarayonlarini viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali onlayn kuzatish imkoni berilgan.
Teglar:
fan olimpiadasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Biz bolalarga dunyoni o‘rgatyapmizmi yoki ekranga qarashni?
- 18 daqiqa avval
- Jamiyat
Dunyo bo‘ylab xayrli xabarlar
- 26/09, 10:56
- Xorij