Timur Turlov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi
Samarqand xalqaro turizm markazida 97-FIDE kongressi hamda Bosh Assambleya yig‘ilishi va saylov tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov, FIDE vaqtinchalik prezidenti Vishvanatan Anand, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adxam Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ishtirok etdi.
FIDE Kongressida tashkilot prezidentligi uchun o‘tgan saylovda qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi.
38 yoshli Turlov FIDE tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.
Turlov qozog‘istonlik tadbirkor, «Freedom Holding Corp.» asoschisi va rahbari. U 2023 yildan beri Qozog‘iston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qilib keladi.
Uning kompaniyasi so‘nggi yillarda xalqaro shaxmat musobaqalarining yirik homiylaridan biriga aylangan.
Ma’lumot uchun, Turlov 2022 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qozog‘iston pasportini olgan.