Samarqandlik grossmeyster "Abu Dhabi Masters" turniri g‘olibi
Taniqli shaxmatchimiz Jahongir Vohidov Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan 32-xalqaro shaxmat festivali doirasidagi "Abu Dhabi Masters" turnirida 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
U musobaqani mag‘lubiyatsiz — beshta g‘alaba va to‘rtta durang bilan yakunladi hamda eng yaqin ta’qibchilaridan yarim ochko oldinda bo‘ldi.
Turnir shveysarcha tizim asosida, 9 turda o‘tkazildi. U g‘alabadan so‘ng 2678 reyting ochkoga ega bo‘ldi.
Yettinchi turda shaxmatchimiz hamyurti M.Suyarov (2551), 8 turda esa rossiyalik xalqaro sport ustasi A.Usov (2457) ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi partiyada u grossmeyster A.Raxmanov (2590) bilan durang o‘ynadi va bu natija unga turnirdagi g‘oliblikni kafolatladi. Uning mukofoti 15 ming dollar tashkil etdi.
Jahongir Vohidov - 2022 yilgi Jahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi. 2024 yilda xitoylik jahon chempioni D.Lijenning jamoasi tarkibida faoliyat yuritib, unga shaxmat tojini qo‘lga kiritishda yordam bergan edi.
Ushbu musobaqa Jahongir uchun Samarqandda o‘tadigan Xalqaro shaxmat Olimpiadasi oldidan tayyorgarlik mashqlarini o‘tadi.