Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti kim bo‘ladi?
Samarqandda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadalari doirasida 26–27 sentyabr kunlari FIDE Bosh Assambleya yig‘ilishi (kongress) hamda FIDE prezidentligi va boshqa rahbar lavozimlarga saylovlar o‘tkazilishi belgilangan.
Nomzodlar o‘z arizalarini belgilangan muddatlarda (Prezident va vitse-prezident uchun 26 iyul 2026 yil soat 18:00 gacha) FIDE ofisiga topshirgan. Har bir prezidentlikka nomzod kamida 5 ta a’zo federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi shart.
Xo‘sh, nomzod sifatida kimlar ko‘rsatilmoqda?
Prezidentlikka va birinchi vitse-prezidentlikka nomzodlar bilan tanishing:
1. Prezidentlikka nomzod: Yan Xenrik Byuttner (Germaniya) — tadbirkor, investor va Magnus Karlsen bilan birgalikda Freestyle Chess loyihasi asoschilaridan biri.
Birinchi vitse-prezidentlikka (Deputy President) nomzod: Malkolm Peyn (Buyuk Britaniya) — xalqaro grossmeyster, Buyuk Britaniya shaxmat federatsiyasi xalqaro direktori va taniqli shaxmat tashkilotchisi.
2. Prezidentlikka nomzod: Vadim Rozenshteyn (Germaniya) — «WR Group» xoldingi asoschisi, «WR Chess» hamda Rapid va Blits bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatlari tashkilotchisi va homiysi.
Birinchi vitse-prezidentlikka (Deputy President) nomzod: Gordon Tan (Singapur/Osiyo) — xalqaro shaxmat homiysi va metsenati.
3. Prezidentlikka nomzod: Timur Turlov (Qozog‘iston) — «Freedom Holding Corp.» asoschisi va rahbari, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti.
Birinchi vitse-prezidentlikka (Deputy President) nomzod: Vishvanatan Anand (Hindiston) — 15-jahon chempioni, amaldagi FIDE vitse-prezidenti va vaqtinchalik rahbari.
Saylovda FIDEga a’zo bo‘lgan har bir milliy federatsiya bittadan ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yaqingacha xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti (FIDE) bo‘lib Arkadiy Dvorkovich faoliyat yuritgan edi.