Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Bir guruh huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari davlat mukofotlariga loyiq ko‘rildi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyatini oshirishdagi alohida xizmatlari, mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlar orden va medallar bilan mukofotlandi.

Ular orasida viloyatimizda quyidagilar bor:

I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

ARIPOV Tohir To‘lqinovich - Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

“Jasorat” medali bilan

QUVVATOV Sadriddin Ahrorovich - Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi guruh komandiri o‘rinbosari

PARDAYeV Boburmirzo Komiljon o‘g‘li (marhum) - Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus qutqaruv bataloni guruh komandiri (Kattaqo‘rg‘on shahri)

“Shuhrat” medali bilan

ALIXONOV Behzod Nizomidinovich - O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi Samarqand transport prokurori