Nurobod maktab kutubxonalari: örganiş, tahlil va amaliy yordam
Şu yilning noyabr oyida Nurobod tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablari kutubxonalari faoliyati örganildi.
Örganiş jarayonida Samarqand viloyati bolalar kutubxonasining malakali xodimlari tomonidan tumandagi 21 ta maktab kutubxonasi faoliyati tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlandi hamda kutubxonaçilarga amaliy-uslubiy yordam körsatildi.
Jumladan, kutubxona hujjatlarini yuritiş, kitob fondini şakllantiriş va saqlaş, adabiyotlarni hisobga oliş, elektron kataloglardan foydalaniş hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Şuningdek, «Kutubxona-axborot faoliyatining zamonaviy tendensiyalari» va «Kitobxonlikni tarğib qilişning innovatsion usullari» mavzularida mahorat darslari taşkil etilib, yoş kutubxonaçilarning kasbiy mahoratini oşiriş, kitobxonlarni jalb qiliş va ommaviy tadbirlarni samarali taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş joizki, Nurobod tumanida 79 ta umumiy örta taʼlim maktabi mavjud bölib, ularda 33 ming 734 nafar öquvçi tahsil oladi. Şu bois maktab kutubxonalari faoliyatini takomillaştiriş, öquvçilar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur örganiş işlari nafaqat mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, balki kutubxonaçilar örtasida tajriba almaşiş, ularning kasbiy salohiyatini oşiriş va kutubxona xizmatlari sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Mubaro Örinboyeva,
viloyat bolalar kutubxonasi xodimi.