Daşt hududdagi xonadonlarga toza suv kirib bordi
Bir qaraşda, xonadonlarga quvur orqali suv yetkazib beriş oddiy infratuzilma işidek tuyulişi mumkin. Ammo uning zamirida minglab insonlarning kundalik hayotini yengillaştiriş va salomatligini muhofaza qilişdek katta ijtimoiy maqsad mujassam.
«Yuksaliş» harakati taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Hayot ulaş» loyihasi ham ana şunday xayrli maqsadlarga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Loyiha doirasida viloyatimizning bir qator hududlarida aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, yillar davomida yeçimini kutib kelgan muammolarni bartaraf etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Xususan, Nurobod tumanidagi Sariqöl mahallasida 240 metr çuqurlikda quduq qazilib, yangi suv minorasi örnatildi. Natijada qariyb 1000 nafar aholi toza içimlik suvidan foydalaniş imkoniyatiga ega böldi.

- Yillar davomida suv yöqligidan qiynalib kelayotgan edik, - deydi mahalla nuroniysi Sobir bobo Rahimov. - Endi har bir xonadonga toza suv yetib keldi. Bu xayrli iş uçun loyiha taşkilotçilari va homiylarga butun mahallamiz nomidan rahmat aytamiz.
Nurobod tumanidagi uşbu loyiha Koreya Respublikasining «Good Neighbors» xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti hamda «Nur Avenue» korxonasining moliyaviy kömagida amalga oşirildi.
Eʼtiborlisi, bunday xayrli taşabbuslar davlat idoralari, jamoatçilik taşkilotlari, tadbirkorlik subʼyektlari va xalqaro hamkorlar örtasidagi ijtimoiy şeriklikning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda tadbirkorlarning jamiyat oldidagi masʼuliyati, homiylik taşabbuslari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining faol iştiroki muhim örin tutmoqda.
Şu bilan birga, bunday loyihalarning haqiqiy samarasi nafaqat ularning barpo etilişi, balki uzoq yillar davomida barqaror işlaşi bilan ham belgilanadi. Buning uçun suv sifati muntazam nazorat qilinişi, infratuzilma obʼyektlari öz vaqtida taʼmirlanişi va ulardan oqilona foydalaniş yölga qöyilişi zarur. Demak, yaratilgan imkoniyatlarni asrab-avaylaş, inşootlarning aholiga uzoq yillar davomida xizmat qilişiga erişiş ham muhim vazifalardan biridir.
Dilmurod Töxtayev.