"Tarixdagi eng yomon sammit"
Tabiiy ofatlar kuçayib, minglab insonlar hayotiga zomin bölayotgan bir paytda, dunyodagi eng yirik iqlim konferensiyasi mojaro bilan yakunlandi: iştirokçilar asosiy hujjat matni böyiça kelişa olmadi.
Turkiyada ikki haftadan ortiq davom etgan BMTning COP31 xalqaro iqlim sammiti katta mojaro bilan yakunlandi. Deyarli 200 davlat iştirok etgan konferensiyada mamlakatlar iqlim böyiça asosiy hujjat — "Antaliya pakti"ni kelişa olmadi. Muzokaralar belgilangan muddatdan qariyb 50 soatga keçikdi.
Kelişmovçilikning asosiy sababi qazilma yoqilğilar — neft, gaz va kömirdan voz keçiş masalasi böldi. Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va bir qator davlatlar bu talab hujjatda aks etmagani uçun uni rad etdi. 130 dan ortiq mamlakat uşbu bandni kiritişni talab qilgan, ammo yirik energiya işlab çiqaruvçi davlatlar bunga qarşi çiqqan edi.
Şunga qaramay, sammit butunlay natijasiz bölmadi: iqlim özgarişiga moslaşiş, kambağal davlatlarni qöllab-quvvatlaş va "adolatli yaşil ötiş" böyiça ayrim qarorlar qabul qilindi. Biroq qazilma yoqilğilardan voz keçiş va iqlim inqiroziga qarşi kuraş uçun zarur moliyaviy yordam böyiça umumiy kelişuvga erişilmadi.
Ekspertlar sammit natijasini jiddiy muvaffaqiyatsizlik deb baholadi. Bu esa 2026 yilda dunyo böylab issiqlik, qurğoqçilik, suv toşqinlari va boşqa tabiiy ofatlar kuçayib, minglab insonlar hayotiga zomin bölayotgan bir paytda yuz berdi. Hal etilmagan masalalar 2027 yilda Efiopiya poytaxti Addis-Abebada ötadigan COP32 sammitida yana muhokama qilinadi.