Tramp, Putin va Si uçraşuvi: bir qutbli dunyo tartibi yakunlanmoqdami?
Xitoyning Şençjen şahrida Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Szinpinning tarixdagi ilk uç tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. «The Wall Street Journal» naşri bu uçraşuvni jahondagi kuçlar muvozanati özgarayotganining belgisi sifatida baholadi.
Putin Ukraina masalasida AQŞ bosimini kamaytirişga, Si Tayvan böyiça pozitsiyasini mustahkamlaşga, Tramp esa Amerika taʼsirini saqlab qolişga intilmoqda.
Oçiq qismi ön daqiqadan sal köproq davom etgan uçraşuvda Tramp uç davlatni yadroviy qurollarni tarqatmaslik va qisqartirişga çaqirdi.
Putin Ukrainadagi uruş masalasiga katta eʼtibor qaratilganini taʼkidladi. Si Szinpin esa barça yadroviy qurollarni yöq qiliş zarurligini bildirdi. Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bölişiga AQŞ yöl qöymasligini ham qayd etdi.
Biroq Xitoyning yadroviy arsenali taxminan 620 ta jangovar kallakka yetgan, 2030 yilga borib esa 1000 tadan oşişi mumkin. Ayni paytda dunyodagi yadroviy qurollarning qariyb 86 foizi Rossiya va AQŞ hissasiga töğri keladi. Bu raqamlar qurolsizlaniş haqidagi çaqiriqlar va yirik davlatlarning harbiy rejalari örtasidagi ziddiyatni körsatadi.
Yopiq muzokaralar taxminan bir yarim soat davom etdi. Biroq Ukraina, yadroviy xavfsizlik va xalqaro munosabatlar muhokama qilinganiga qaramay, aniq kelişuvlar eʼlon qilinmadi. Ekspertlar fikriça, uç davlat örtasidagi jiddiy qarama-qarşiliklar sabab sammitdan katta siyosiy natijalar kutiş qiyin.
Kreml Putin, Tramp va Si Szinpinning uç tomonlama uçraşuvi yakunlari böyiça qöşma bayonot bir soat içida eʼlon qilinişini maʼlum qildi, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov esa muzokaralar muhiti «yaxşi» bölganini taʼkidladi.
Şençjen uçraşuvi AQŞ hukmronligining töliq tugaşini emas, balki bir qutbli dunyo tartibining zaiflaşayotganini körsatdi. AQŞ, Xitoy va Rossiya yangi xalqaro kuçlar muvozanati uçun kuraşmoqda. Şu bois sammitning tarixiy ahamiyati aniq kelişuvlarda emas, balki jahon siyosatida yangi davr şakllanayotganini namoyon etganidadir.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.