Musulmonlar Shvetsiya parlamentida
Shvetsiya parlamenti saylovlari natijalariga ko‘ra, ikki nafar musulmon deputati parlamentda faoliyat yurituvchi ikki siyosiy partiyaga (fraksiya emas) rahbarlik qiladi.
Mamlakatda Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlaridan kelib joylashgan aholi Yevropa davlatlarida muammo yaratmoqda. Aholi soni bo‘yicha uchinchi yirik shahar Malmyo muhojirlar mahalliy aholining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.
Stokgolmdagi Rinkebyu tumani esa Skandinaviyadan ko‘ra, Suriya va Somali aralashmasini eslatadi. Politsiya ham u yerga ortiqcha kirishga harakat qilmaydi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, qirollik aholisining 28 foizi muhojirlar bo‘lib, ularning qariyb yarmi Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston va Eritreya kabi davlatlar vakillari. Shvetsiya aholisining 8 foizdan ortig‘i islom diniga e’tiqod qiladi. Muhojirlarning qariyb uchdan ikki qismi Shvetsiya fuqarosi. Bu taxminan 1,5 million saylovchi degani. Ularning yarmi Yaqin Sharq va afrikalik.
So‘nggi 20 yilda Shvetsiyada muhojirlar bilan bog‘liq muammolar sezilarli darajada o‘zgarishga olib keldi. Bu jarayonni o‘ng qanotdagi, muhojirlarga nisbatan keskin pozitsiyasi bilan tanilgan «Shved demokratlari» partiyasiga xayrixohlikning tobora ortib borayotganini namoyon etmoqda.
2006 yilda partiya 2 % ovoz olgan, to‘rt yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 6 %ga yetgan va partiya ilk bor Riksdagda (parlamentda) fraksiya tuzadi. 2014 yilda uning natijasi 12 %ni, 2018 yilda 18 %ni tashkil etgan. Nihoyat, 2022 yilda 21 % ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallab, hukmron koalitsiya faoliyatida ishtirok etdi.
«Yangi shvedlar» ham mahalliy siyosatda faol. Bu saylovlarda ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhojirlar manfaatlarini himoya qiluvchi Birlik partiyasi qatnashdi. Unga hali 4 %lik saylov to‘sig‘idan o‘tish ancha qiyin bo‘ladi. Partiyaga livanlik Jamal al-Haj rahbarlik qiladi.
Muhojir deputatlar deyarli barcha parlament partiyalarida faoliyat yuritmoqda. So‘l partiyaga eronlik Nushi Dadgostar yetakchilik qiladi, Liberal partiya esa saylovlarga ismini shvedcha talaffuzga moslashtirgan falastinlik Simona Moxamsson bosh.
Shvetsiyadagi so‘nggi parlament saylovlari mamlakatda migratsiya va integratsiya siyosatiga munosabat jiddiy o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. Ilgari ochiq eshiklar va ko‘pmadaniyatlilik tarafdori bo‘lgan ko‘plab siyosiy kuchlar endi migratsiyani cheklash, muhojirlar integratsiyasini kuchaytirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish zarurligi haqida gapirmoqda. O‘nlab yillar davomida to‘plangan muammolarni bartaraf etish oson emas. Ekspertlar esa Shvetsiya oldidagi asosiy vazifa xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bilan birga jamiyatdagi turli qatlamlar o‘rtasida muvozanatni saqlamog‘i shart deydilar...
Abror XON,
jurnalist, sharhlovchi, yozuvchi.