Obama haqiqatni yashirgan(mi?)

Tramp NUJ ma’lumotlarini oshkor qiladi

AQSh hukumati yerdan tashqari hayot shakllari va noma’lum uchar jism (NUJ)lar haqidagi barcha mavjud hujjatlarni e’lon qiladi, deb va’da berdi Donald Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida. U avval AQShning sobiq prezidenti Barak Obama maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilib, olamda boshqa sayyoraliklar borligini da’vo qilganini tanqid qilgan edi.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘zga sayyoraliklar mavjud, «Ular haqiqiy, garchi men ularni ko‘rmagan bo‘lsam-da», deya ma’lum qilgan.

Trampdan esa NUJlarga ishonishi so‘ralganda, u o‘z fikrini bildirmadi va bu mavzuda hech qachon gapirmasligini, biroq ko‘pchilik NUJlarga ishonishini aytdi.

Jamoatchilikning qiziqishi 2017 yilda Pentagon va hukumatning sobiq xodimlari AQSh OAVda noma’lum ob’yektlar videolarini e’lon qilgandan keyin oshdi. Yangi tekshiruv Kongressni 50 yildan keyin birinchi eshituvlarni o‘tkazishga undadi (2022 yil may). Rasmiylarning ta’kidlashicha, ob’yektlar ehtimol yerda yaratilgan dronlar bo‘lgan.

Shundan buyon Pentagon ochiqlikni oshirishni va’da qildi. Ma’lum bo‘lishicha, NUJ kuzatilgan holatlarning ko‘pchiligi hanuzgacha tushuntirilmagan. Lekin ular xavfsiz va oddiy ob’yektlar ekanligi ma’lum, deb xabar beradi The Guardian.

Avval amerikalik tadbirkor Ilon Mask insonlar kelajakda o‘zga sayyora va sivilizatsiyalar bilan uchrashishi mumkin bo‘lishini aytdi. Texnologiyalar rivoji insonlarga Oyga, Marsga va Quyosh sistemasining boshqa sayyoralariga sayohat qilish, keyinchalik yulduzlar tizimlari va galaktikalarga uchish imkonini beradi.