Ikki kun davomida Samarqand shahrining katta qismida ichimlik suv berish to‘xtatiladi
Samarqand shahar Temir yo‘l va Gagarin ko‘chasini suv bilan ta’minlaydigan "Dahbed" suv inshootida loyiha doirasida yangi o‘rnatilgan nasos jihozlarini ulash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabati bilan ertaga, 7 aprel soat 1:00 dan 9 aprel soat 8:00 gacha Shodiyona, Bahodir Yalangto‘sh, Obod Maskan, Qorasuv, O‘zbekkenti, Yangi Obod, Buxoriy, Choralar, Xo‘ja G‘unjoyish, Humo, Motrid, Gulobod, Ma’rifat, Azizon, Matonat, Mehnat, Temiryo‘lchilar, Baraka, Maysazor, Ipak Yo‘li, Yangi Navoiy, Nurli yo‘l, Sayqal, Oltin asr, Hayotobod, Bog‘iston, Turon, Tinchlik, Sadaf, Gulbahor, Bog‘i Chinor, Bog‘ishamol, Bog‘ishifo, Mingtut, Sayid, Farog‘at, Mehriobod, Nayman, Alizoda, Rudakiy, Baxtli hayot, Maqsud Shayxzoda, Sevasi ota, Tutzor, Lohutiy, Ali Qushchi, Gullar bog‘i, Al Farobiy, Ziyokorlar, Mevazor, Bog‘bonlar, Kattaariq, Adolat, Yulduz, Ziyolilar, Hazora, Hunarmandlar, Beruniy, Bog‘i saroy, Orzu, Bog‘dod, Rahmatobod, Sug‘diyona, Ilmobod hamda ushbu mahalla va ko‘chalarga tutash hududlarda ichimlik suvi to‘xtatiladi.
“Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Samarqand shahar filiali ma’muriyati aholi, tashkilot va muassasalardan ichimlik suvini zaxira qilishni so‘rab qoladi.
Suv ta’minoti uzilgan hududlarda maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Murojaat uchun telefon: (55) 707-18-21