"Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish” loyiha konsepsiyasi sessiyada ko‘rib chiqiladi

Viloyat Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi 26 may kuni o‘tkaziladi. Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 22 may kuni qabul qilingan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, o‘ttizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2025 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tashqi audit va baholashdan o‘tkazilganligi yuzasidan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.Mirzayevning axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Toshniyozovning 2025 yilda viloyatda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi axboroti;

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovning hisoboti;
- Samarqand viloyatida 2026 yilda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish va narxlar barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Past Darg‘om, Paxtachi, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- Jomboy tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- Narpay tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2026-2028 yillarda yer uchastkalarining suv ta’minotini yaxshilash, yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritishga qaratilgan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida;
- “Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish” loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
- “Taxtiqoracha dovonida yangi pullik tonnel qurish” loyiha konsepsiyasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.