Viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasi 7 avgust kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning 2026 yil 4 avgustda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovning hisoboti haqida;
- viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti haqida;
- Narpay tumanidagi “Baxt”, Payariq tumanidagi “Go‘zal”, Qo‘shrabot tumanidagi “Xonazar” kichik sanoat zonalarining bir qismini hamda Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat” kichik sanoat zonasi to‘liq tugatish to‘g‘risida;
- Bulung‘ur tumanidagi Bog‘bon va Beshqo‘ton mahallalarining chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida.