Akram Shukurov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi
Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida qabul qilingan qarorga ko‘ra, Shukurov Akram G‘ayratovich sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Bahodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Haydarov, Nozimjon Jo‘rayev o‘n yillik muddatga hamda Akmal Murodov va Odil Normahmatov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan D.Rajabov, K.Tolliboyev, A.Elmurodov, E.Turg‘unboyev Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.