Sobiq hokim viloyat statistika boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
- 02.04.2026 10:09
- 500
- Samarqand
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisining 2026 yil 30 martdagi buyrug‘i bilan Qudratov Sherzod Asatovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sherzod Qudratov 1984 yil 22 iyunda Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent moliya institutinining “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2002–2004 yillarda viloyat qurilish va qurilish ashyolari kasaba uyushmasida yo‘riqchi sifatida boshlagan. Keyinchalik moliya tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Sh.Qudratov 2021 yil dekabridan joriy yil fevral oyiga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Meni dadam olib ketyapti...”
- Kecha, 23:14
- Ta’lim
Oilangiz bilan qachon sayohatga chiqqansiz?
- Kecha, 14:59
- Sayohat