Samarqandlik davlat xizmatchilari, tadbirkor, irrigator, nuroniy, cho‘pon va ziyolilar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2026 yil 22 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Farmon qabul qildi.

Farmonga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan

KARIMQULOV Aslanqul Ziyayevich - Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

NEGMATOV Shuhrat Xudoyberdiyevich - «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

TO‘RAYeV Rashid Ergashevich - Urgut tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli

 «Do‘stlik» ordeni bilan

QOBILOV Rustam Rajabboyevich - Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

MARMAZINSKAYa Natalya Vladimirovna - «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ining fan va atrof-muhit monitoringi bo‘limi boshlig‘i

«Sog‘lom turmush» medali bilan

ZOHIDOVA Zarina Sayitkulovna - Toyloq tumani Ilk rivojlanish markazi koordinatori

MO‘MINOVA Tamara Murtazayevna - Samarqand tumanidagi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

BAXTIYoROV Bobirjon Bahodirovich - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti huquqshunoslik mutaxassisligi magistranti

«Jasorat» medali bilan

KINJAYeV Alik Aleksandrovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor

«Shuhrat» medali bilan
(100 yoshdan oshganlar)

QURBONOV Narzi - Payariq tumani

«Shuhrat» medali bilan

BERDIMURODOV Shuxrat Ulashevich - Payariq tumanidagi «Imom al-Buxoriy» yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodi

MAMATOV Sayfiddin G‘aybullayevich - Nurobod tumanidagi «Sahobaota qorako‘l nasl» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni

MO‘SINOV Baxtiyor Muxamedjanovich - Jomboy tumanidagi «Baxt» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

SAIDJONOV Munis Azizovich - Samarqand shahridagi «Samarkand england eco-medisal» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori maslahatchisi

SOLIYeVA Gulchehra Tolipovna - Oqdaryo tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi

SALOHITDINOV Asliddin Zayniyevich - Samarqand shahridagi «Yasham erkaplan carpet» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

YuLDAShYeV Faxridin Eshquvvatovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Rustam plasteks» xususiy korxonasi boshlig‘i