Prezident XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida samarqandliklar ham bor

Prezident farmoni bilan Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida uch nafar samarqandlik para sportchi bor.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Hakimova Kubaro Orifovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abduxolikov Sardor Abduxolikovich - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

«Shuhrat» medali bilan

Amriyeva Uljon Qahramon qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.