Qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shgan soha xodimlari mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2025 yil 9 dekabrda "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon qabul qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun sohaning bir qator xodimlari mukofotlandi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
XOLMIRZAYeV Dustmuhammad - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori
«Do‘stlik» ordeni bilan
ABDULAZIZOV Obloqul - «Mirza-Pay» irrigatsiya tizimi boshqarmasi kanallari katta muhandis-gidrotexnigi,
«Jasorat» medali bilan
SUVONOV Nurmuhammad Bobomurodovich - Paxtachi tumanidagi «Mirzayev Shuhrat Kenjayevich» fermer xo‘jaligining g‘alla o‘rish kombayni operatori
«Shuhrat» medali bilan
QODIROV Mehroj Usmonovich - Samarqand tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi
MUXTOROVA Jamila Shukurovna - Jomboy tumanidagi «Jomboy agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi
RIZONOV Azimxon Xolovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Azimxon Rizonov» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i
ShEROV Erkin Qurbonovich - Past Darg‘om tumanidagi «Eldor» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i.