Samarqandlik 7 nafar ta’lim fidoyisi davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni qabul qildi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagog va ta’lim homiylari mukofotlandi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagilar bor:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Soleyev Ahmadjon - Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Meliyev Abduhalim Xurramovich - Samarqand shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan 59-maktab-internati direktori
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Shodiyev Bektosh Shokirovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Pardayeva Gavhar Doniyorovna - Samarqand shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
“Jasorat” medali bilan
Ro‘zmetova Laylo Xudoyorovna - Nurobod tumanidagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
“Shuhrat” medali bilan
Abdiyeva Turdigul Abdujabbarovna - Samarqand shahridagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Sadinov Abror Samadovich - Paxtachi tumani 1-texnikumi direktori