20,6 million so‘m: Oqdaryoda noqonuniy qum-shag‘al aralashmasini kovlab olayotgan fuqaroga jarima qo‘llanildi
- 15.01.2026 12:38
- 2
- Samarqand
Tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tumanda navbatdagi reyd tadbirini o‘tkazdi.
Mazkur reyd davomida tumanning Yangiqo‘rg‘on mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi o‘zanidan Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro Z.U. tomonidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan ushbu qonunbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 70-moddasi prim 1-qismiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarida, ya’ni 20 million 600 ming so‘m miqdorida miqdorida jarima qo‘llanildi.
Haydovchining texnika vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda tungi yoritish qay tarzda yo‘lga qo‘yilyapti?
- 15 daqiqa avval
- Samarqand
“Vatanparvar” mahallasi nomiga munosib emasmi?
- 16 daqiqa avval
- Samarqand
Omonqo‘ton tog‘lariga ayiq qaytdi
- 17 daqiqa avval
- Samarqand
Qoraqasmoqmi yoki Qoraosmoq?
- 30 daqiqa avval
- Jamiyat
Samarqandda havo ekskursiyalari yo‘lga qo‘yiladi
- 2 soat avval
- Sayohat