Tramp va Si nimalar haqida gaplashdi?
Si Szinpinning bu safargi AQShga tashrifi, tahlilchilarga ko‘ra, kutilganidek natija bermadi.
Si oxirgi marta Amerikaga 2023 yilda tashrif buyurgan, o‘shanda uning Kaliforniya bo‘ylab turnesi bo‘lib o‘tgan edi. Bayden bilan o‘tkazgan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb bo‘lmasdi, tomonlar uchrashuv yakunlari bo‘yicha hatto rasmiy kechki ovqatni ham bekor qilishgan edi.
Tramp o‘tgan bahorda EIRdagi urush fonida XXRga boradi. O‘shanda u AQShdan ko‘proq mahsulot sotib olishni yalinib so‘ragani aytiladi.
Javob tashrifining asosiy mavzui sun’iy intellekt, chiplar va kompyuter xotirasi bo‘ldi. Kun tartibida, shuningdek, savdo urushlari va EIRdagi vaziyat bor edi.
Oq uy XXR delegatsiyasini har tomonlama xursand qilishga harakat qildi. Tramp yarim asrlik an’anani buzib, Szinpinni dunyo yetakchilari uchib keladigan Endryus aviabazasida shaxsan kutib oldi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Makmillan 1962 yilda shunday kutib olingan edi.
May oyida Pekin aeroportida Trampni XXR rahbariyatidan hech kim qarshilamagan edi. Yetakchilar imperator saroyidagina uchrashgandi.
Oq uy oraliq saylovlar oldidan Chin bilan manfaatli savdo bitimni ta’minlash yoki loaqal amaldagi omonat tarif sulhini sezilarli muddatga uzaytirishni umid qilgan edi. Ikkalasiga ham erishib bo‘lmadi.
O‘tgan yili XXR bojlarga juda qattiq javob kaytardi va Amerika bozoriga kamyob yer metallari yetkazib berishni keskin cheklab qo‘ydi. AQSh sanoatini halokat yoqasiga keltirib qo‘ygandi. Yaqindagina kamyob yer metallarining ma’lum bir eksporti qayta tiklanadi.
Pekin noyabr saylovlar yakunlari bo‘yicha Shtatlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan siyosiy voqelikning ehtimoliy o‘zgarishiga ochiqchasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar Trampning raqiblari g‘alaba qozonsa, kelgusi yili Oq uyning pozitsiyasi zaiflashadi, bundan esa XXR foydalanadi.
Uchrashuvda geosiyosiy masalalar — EIR va Tayvan alohida o‘rin egalladi. Ikki mavzuda ham yakdillikka erishilmadi.
Fors ko‘rfazidagi urushga botib qolgan AQSh pozitsiyalarining hozirgi zaiflashuvi XXR isteblishmentini to‘liq qoniqtirishi mumkin. Pekin aynan hozir o‘z salohiyatini oshirmoqda.
Trampning EIR kampaniyasida eng ko‘p yutqazganlardan biri Tayvan bo‘ldi. Orol allaqachon imzolangan kontraktlar bo‘yicha AQShdan 30 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ni ololmadi. Bunga harbiy aslahaning tugab borayotgani va harbiy-sanoat majmuasi imkoniyatlarining haddan tashqari zo‘riqishi sabab bo‘lmoqda. Tramp Pekin bilan muzokaralar tufayli Taybeyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri transhlar ajratishni muzlatib qo‘yishga majbur.
3 noyabrdagi Kongress saylovlari arafasida g‘alabani ta’minlash umidida birdaniga siyosatning barcha muhim xalqaro yo‘nalishlarda ishni davom ettirmoqda. Yaqin Sharq yo‘nalishida chiqib bo‘lmaydigan berk ko‘cha holati mavjud. XXR bilan muzokaralar esa juda og‘ir kechmoqda.
Shu sababli yaqin bir oy turli xalqaro faoliyatga boy bo‘lishi aniq...
Abror XON,
siyosiy sharhlovchi