Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Dunyo raqamli inqiroz yoqasidami? AQŞda 3,5 mingta aviareys keçiktirildi

AQŞning Delta Air Lines aviakompaniyasida yuzaga kelgan texnik nosozlik mamlakat böylab aeroportlarda minglab reyslarning keçikişiga sabab böldi.

Avtomatlaştirilgan tizim samolyotlarning oğirligi va muvozanatini hisoblay olmay qolgaç, xodimlar hisob-kitoblarni qölda bajarişga majbur böldi. Bu AQŞda sönggi bir haftada kuzatilgan yagona texnik muammo emas. Avvalroq mamlakatda havo harakatini boşqariş va telekommunikatsiya tizimlarida ham uzilişlar kuzatilgan. Şuningdek, Microsoft, Apple va ayrim bank xizmatlarida ham texnik nosozliklar haqida xabarlar tarqaldi.

Şunga öxşaş holatlar Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Hindistonda ham kuzatilgan: aviatsiya va raqamli xizmatlardagi uzilişlar reyslar keçikişi va xizmatlar faoliyatining töxtaşiga olib kelgan.

Bu holatlar «raqamli apokalipsis» haqidagi xavotirlarni yanada kuçaytirdi. Biroq hozirça uşbu hodisalar yagona kiberhujum yoki ataylab uyuştirilgan operatsiya bilan boğliq ekanini tasdiqlovçi dalillar yöq.

Mutaxassislar asosiy xavf sifatida eskirgan infratuzilma, dasturiy xatolar va muhim tizimlarning raqamli texnologiyalarga kuçli boğliqligini körsatmoqda.