Bizni kuzating

AQShda oraliq saylovlar: demokratlar kongressning ikkala palatasida ko‘pchilikni qo‘lga kiritmoqda

AQShda Kongressga o‘tkazilgan oraliq saylovlarda ovozlarni sanash davom etmoqda. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Demokratik partiya Vakillar palatasi va Senatda ko‘pchilik o‘rinlarni egallamoqda.

Biroq ayrim raqobatli okruglarda ovozlar hali to‘liq hisoblanmagani sababli yakuniy natijalar aniq emas.

BBCning AQShdagi hamkori CBS News prognoziga ko‘ra, demokratlar respublikachilarning an’anaviy tayanchi hisoblangan Texas, Janubiy Karolina va Kanzas shtatlarida ham muvaffaqiyat qozongan. Xususan, Texasda qariyb 30 yildan beri birinchi marta gubernatorlik lavozimini demokratlar egallashi kutilmoqda.

Bu natijalar prezident Donald Trampning qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirishini qiyinlashtirishi, shuningdek, uning ma’muriyati va biznes loyihalari faoliyati yuzasidan parlament tekshiruvlari o‘tkazilishiga yo‘l ochishi mumkin.

Tramp dastlabki natijalarga munosabat bildirib, Truth Social tarmog‘ida o‘z ismi saylov byulletenlarida bo‘lmaganini ta’kidladi va: «Agar men ham saylovda qatnashganimda, ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lardik!» deb yozdi.