Dunyodagi eng kuchli pasportlar reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Henley Passport Index 2026 yilgi reytingiga ko‘ra, Singapur ketma-ket uchinchi yil dunyodagi eng kuchli pasportga ega mamlakat bo‘ldi. Singapur fuqarolari 192 ta mamlakat va hududga vizani oldindan rasmiylashtirmasdan yoki chegarada olish orqali safar qilishi mumkin.

Ikkinchi o‘rinni Yaponiya va Janubiy Koreya egalladi — ularning fuqarolari uchun 188 ta yo‘nalish ochiq. Uchinchi o‘rindan Daniya, Lyuksemburg, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya joy oldi — 186 ta yo‘nalish.

Avstriya, Belgiya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya va Norvegiya pasportlari bilan 185 ta yo‘nalishga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda safar qilish mumkin.

Beshinchi o‘rinni Vengriya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya va BAA egalladi — 184 ta yo‘nalish. Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Malta, Yangi Zelandiya va Polsha fuqarolari uchun 183 ta yo‘nalish ochiq.
Buyuk Britaniya Avstraliya, Latviya va Lixtenshteyn bilan birga yettinchi o‘rinni egallab, 182 ta yo‘nalishga kirish imkoniyatiga ega. AQSh esa 179 ta yo‘nalish bilan o‘ninchi pog‘onadan joy olgan.
Reytingda eng zaif pasport Afg‘onistonniki bo‘lib qolmoqda. Uning

galari vizani oldindan rasmiylashtirmasdan bor-yo‘g‘i 24 ta yo‘nalishga safar qilishi mumkin.
Henley Passport Index reytingi 199 ta pasport va 227 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Reytingni tuzishda vizasiz kirish, kelgan joyda viza olish hamda elektron safar ruxsatnomasidan foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston pasportining xalqaro nufuzi ham oshib bormoqda. 2026 yilgi Henley Passport Index reytingida mamlakat 74-o‘rinni egallab, O‘zbekiston fuqarolari uchun 59 ta davlat va hududga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda safar qilish imkoniyati yaratilgan.