Payşanba oşi va Payşanba somsasi Kattaqörğonning gastronomik brendiga aylandi
Kattaqörğon tumanining öziga xos milliy taomlari — Payşanba oşi va Payşanba somsasi geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.
Bu esa hududning boy gastronomik merosini asrab-avaylaş, milliy pazandalik anʼanalarini kelajak avlodga yetkaziş va keng tarğib etiş yölidagi muhim qadam böldi.
Kattaqörğon tumani hokimligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan talabnomalar asosida «Payşanba somsasi» GK-41-son, «Payşanba oşi» esa GK-42-son bilan geografik körsatkiçlar davlat reyestriga kiritildi.
Uşbu eʼtirofga Samarqand şahrida bölib ötgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş markazlarining V Milliy anjumani doirasida alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida Adliya vaziri örinbosari Muzaffar Ikromov «Payşanba oşi» va «Payşanba somsasi»ning geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilganligini tasdiqlovçi rasmiy xabarnomalarni Kattaqörğon tumani hokimligi masʼullariga tantanali ravişda topşirdi.
Mazkur voqea nafaqat Payşanba oşi va Payşanba somsasining hududiy öziga xosligini huquqiy jihatdan mustahkamlaş, balki milliy pazandalik anʼanalarini saqlaş, mahalliy işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda Kattaqörğon tumanida gastronomik turizmni rivojlantirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.