Eski divandagi xazina
2019 yilning oxirlarida amerikalik Govard Kirbi Miçigan ştatidagi xayriya dökonidan 70 dollarga öziga eski divan sotib oldi. Arzon mebel sotib oldim, deb öylagan Govard divan yostiqlaridan birining içida 43 000 dollardan ortiq naqd pul yaşiringanidan mutlaqo bexabar edi.
Öşa paytda Kirbi moliyaviy jihatdan oğir davrni boşdan keçirayotgan edi. Uyi taʼmirtalab ahvolda, tomidan şu qadar kuçli çakka ötardiki, uni almaştiriş keçiktirib bölmaydigan zaruratga aylangan, aniqroği, unga yangi tom kerak, lekin mablağ yöq edi.
Bir muddat divandan foydalangan Kirbi va uning oilasi yostiqlaridan biri ğalati darajada qattiq va noqulay ekanligi haqida gapirib qolişdi. Oxiri u buning sababini aniqlaşga qaror qildi va yostiq ğilofining zanjirini oçib, eski porolon yoki singan prujinalar örniga, mahkam örab qöyilgan 100 dollarlik kupyuralar dastasini topib oldi. Jami 43 170 dollar yaşirib qöyilgan ekan.
Kirbi hatto qanday yöl tutiş kerakligini biliş uçun huquqşunoslar bilan ham maslahatlaşdi. Ular unga divanni ikkinçi qöl buyumlar dökonidan sotib olganligi sababli, pullarga uning qonuniy haqi borligi va heç kim uni pullarni qaytarişga majbur qila olmasligini aytdi.
Biroq, Kirbi bu pullar uniki emasligini bilardi. U bir naqd pullarga qarar, bir öz muammolari haqida öylardi. Söngra bir qarorga keldi.
Kirbi divan sotib olgan markaz dökoniga borib, xodimlardan divanni avval topşirgan (ehson qilgan) oilani topişda yordam söradi. Izlanişlar natijasi ularni Kim Faut Nyuberri ismli ayolga duç qildi.
Divan uning marhum bobosiga tegişli bölgan ekan. Bobosi yillar davomida öz jamğarmalarini divan yostiqçalarida saqlab kelgan, u vafot etgaç, oila uning uyini tartibga keltirib, mebellarni xayriya sifatida markazga topşirgan ekan.
Garçi moliyaviy qiyinçiliklari bölsa-da, Kirbi oila bilan uçraşib, olib qolişi mumkin bölgan barça pullarni ularga qaytarib berdi. Şunda kutilmagan bir voqea yuz berdi: boşqa bir insonga körsatgan ezguligi unga butunlay boşqaça tarzda qaytib keldi.
Kirbining qilgan işidan xabar topgan mahalliy aholi uning uyidagi şaroiti, xususan, mablaği yetişmagani sababli almaştira olmagan tomi haqida ham bilib oldi. Şahardagi tom yopiş kompaniyasi yordamga kelib, şikastlangan tomni almaştiriş uçun zarur bölgan materiallar va işçi kuçini taqdim etdi.
***
Aslida, bu hikoya eski divan içida yaşiringan katta miqdordagi pul topib olganlik haqida emas. Bu voqea inson öziga tegişli bölmagan narsani saqlab qoliş uçun barça imkoniyatlarga ega bölsa-da, boşqaça yöl tutişi haqida. Govard Kirbi ustida heç kim turmagan, uni pullarni qaytarişga heç kim majburlamagan edi. U şunçaki halollik muhim, degan qarorga keldi.
Insonning asl tabiati hamma unga qarab turgan paytda emas, balki heç kim kuzatmayotgan paytda namoyon böladi, deb bejizga aytilmagan bölsa kerak.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.