Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligiga da’vogarlar musobaqasi yakunlandi

28 martdan 15 aprelgacha Kiprda shaxmat bo‘yicha jahon chempionligiga da’vogarlar o‘rtasidagi Nomzodlar turniri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turnirda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionilik unvoni uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritishga harakat qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi turnir
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Javohir Sindorov ajoyib natija ko‘rsatib, turnir g‘olibi bo‘ldi. U o‘zining barqaror o‘yini, puxta tayyorgarligi va kuchli raqiblar ustidan qozongan g‘alabalari bilan ajralib turdi.
Mazkur g‘alaba orqali Sindorov yil oxirida amaldagi jahon chempioni — hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaradju bilan jahon chempionligi uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuv shaxmat muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda, chunki unda “shaxmat toji” sohibini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqa
Ayollar o‘rtasidagi bahslar ham keskin va qiziqarli tarzda kechdi. Turnir yakunida hindistonlik shaxmatchi Vayshali Rameshbabu 8,5 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi.

14-hal qiluvchi turda quyidagi natijalar qayd etildi:
Anna Muzichuk Chju Sziner ustidan g‘alaba qozondi
Aleksandra Goryachkina Tan Chjuni ni mag‘lub etdi
Vayshali Yekaterina Lagno ustidan g‘alaba qozondi
Divya Deshmux Bibisara Asaubayeva uchrashuvi durang bilan yakunlandi
Yakuniy jadval
Vayshali Rameshbabu — 8,5 ochko
Bibisara Asaubayeva — 8,0 ochko
Chju Sziner — 7,5 ochko
Aleksandra Goryachkina — 7,5 ochko
Anna Muzichuk — 7,0 ochko
Yekaterina Lagno — 6,5 ochko
Divya Deshmux — 5,5 ochko
Tan Chjun’i — 5,5 ochko

Keyingi bosqich
Musobaqa g‘olibi Vayshali Rameshbabu shu yilda amaldagi jahon chempioni — xitoylik Szyuy Venszyun bilan jahon chempionligi uchun bellashadi.
Ushbu musobaqa nafaqat kuchli shaxmatchilarni aniqladi, balki yangi chempionlar uchun yo‘l ochib berdi. Ayniqsa, Javohir Sindorovning g‘alabasi O‘zbekiston shaxmat maktabi uchun katta yutuq bo‘ldi.

Laziz Bahronov tayyorladi.