Afruza Hamdamovaga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan ayollar o‘rtasida xalqaro grossmeyster (WGM) unvoni berildi

Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

"Yurtimiz vakilasi Afruza Hamdamova xalqaro maydonda erishgan yuksak natijalari va barqaror o‘yini evaziga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan ayollar o‘rtasida xalqaro grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor bo‘ldi.

Mazkur unvon Afruzaning yillar davomida olib borayotgan tinimsiz mehnati, fidoyiligi va O‘zbekiston shaxmat maktabining samarali tizimi natijasidir", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Afruza “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori, yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni, ayollar o‘rtasida samarqandlik ilk grossmeyster bo‘lgan.