Ertaga Samarqandda 855 ming AQSh dollari mukofot puliga ega nufuzli turnir boshlanadi
- 02.09.2025 09:42
- 59
- Sport

3-15 sentyabr kunlari Samarqand shahrida “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli musobaqa shveysarcha tizimda 11 tur davomida o‘tkaziladi. Unda jahon shaxmat reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan kuchli grossmeysterlar, shuningdek, FIDE prezidenti tavsiyasi bilan taklif etilgan shaxmatchilar va xalqaro musobaqalar g‘oliblari qatnashadi.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to‘rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat tojiga bo‘ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.
Musobaqada 160 nafarga yaqin yetakchi shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
- Bugun, 09:06
- Ta’lim
Ona bo‘sasi - mo‘’jiza
- Kecha, 20:39
- Mutolaa