Javohirning bobosi Komil Sindorov: Ular hozir sevish va sevilish yoshida, bu yoshlarning shaxsiy hayoti

Shu kunlarda Kiprda shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Nomzodlar turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda sayyoramizning 8 nafar eng kuchli grossmeysteri ishtirok etyapti.

Bugun, 14 aprelda turnirning hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Javohir Sindorov turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchisi Anish Giriga qarshi dona suradi.

Javohir musobaqa davomida Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha, Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura kabi chempionlarni taslim etdi.

Bugun ko‘pchilik hal qiluvchi o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda. Biz hayajonli lahzalarda Javohir Sindorovning shu darajaga yetishishida ulkan hissa qo‘shgan bobosi Komil Sindorov bilan suhbatlashdik.

Taniqli yozuvchi, huquqshunoslik fanlari doktori, professor Komil Sindorov Javohirning eng og‘ir o‘tgan chempionati, bugungi vaziyat va... ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan qozog‘istonlik shaxmatchi qiz Bibisora Assaubayeva bilan munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.