Samarqanddagi bir nechta oliygoh qayta tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yil 26 may kuni "Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
Ushbu qaror asosida:
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi;
- Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi;
- Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qo‘shib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi.
Talabalar o‘qishini qayerda davom ettiradi?
Prezident qarori bilan quyidagilar belgilandi:
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari o‘qishini Samarqand davlat texnika universitetida;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘qishini Samarqand davlat universitetida;
- Samarqand davlat universiteti Urgut filialining Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti talabalari o‘qishini Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida davom ettiradi hamda belgilangan tartibda o‘qish yakuni bo‘yicha ularga mazkur oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi beriladi.
- Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 o‘quv yilida tahsil olayotgan talabalariga o‘qishni tugatguniga qadar Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti binosida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.