Ilmiy darajalar berishda chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi

Farmonga ko‘ra, ilmiy darajalar berishda 2027 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
 
- chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
- Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish;
- dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish;
- ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilish;
- dissertatsiya avtoreferatini chop etish;

  • dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida xulosa olish;
    - Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;
    - himoya qilingan dissertatsiya bo‘yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
  • - ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.
    2027 yil 1 yanvardan ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi.