Ulug‘ Tursunov ko‘chasi yangi qiyofada

Samarqand shahrining chiqindilar to‘planib, yomg‘irli kunlarda ariqdan suv toshib, yotadigan Ulug‘ Tursunov ko‘chasi bugun boshqa qiyofaga kirmoqda.

O‘tgan yilning oktyabr oyida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan ko‘chaning bir qismiga asfalt yotqizilib, zamonaviy piyodalar yo‘lakchasi barpo etilgan edi. Shuningdek, Ko‘ksaroy mahallasi yoshlari uchun zamonaviy bolalar maydonchasi hamda mini-futbol stadioni qurib foydalanishga topshirilgandi.

Bugun Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan bu ko‘cha yanada chiroy ochmoqda. Shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirkomil Rashidovning aytishicha, hozirga qadar ko‘chaning 650 kvadrat metr qismiga asfalt yotqizilgan. Piyodalar xavfsizligi va qulayligi uchun 2,5 metr enlilikdagi uzunligi 105 metr bo‘lgan trotuar hamda shuncha suv chiqarish lotoklari tortilgan.
Hududda manzarali daraxtlar va gullar ekilishi ham rejalashtirilgan.