Bugundan futbol bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi
Bugun, 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 48 ta terma jamoasi 12 ta guruhga bo‘lingan holda mundial bosh sovrini uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan bugun soat 23:50 dan 12 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Marosimga dunyo estrada yulduzlari tashrif buyuradi.
Birinchi o‘yinni mezbon Meksika Janubiy Afrikaga qarshi boshlab beradi.
Ochilish maroschimi va o‘yinni "Zo‘r TV", "Sport" va bir qancha telekanallarda jonli tomosha qilishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur chempionatda ishtirok etayotgan Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Nyu-Yorkdan mundial davomidagi qarorgohi joylashgan Atlanta shahriga yetib bordi. Jamoamiz mundialga qadar ushbu shahardagi ilk mashg‘ulotini “Atlanta United” bazasida o‘tkazadi.
Milliy terma jamoamizning “K” guruhidagi uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1-tur: O‘zbekiston — Kolumbiya, Mexiko, “Atsteka” stadioni, 18 iyun soat 07:00;
2-tur: Portugaliya — O‘zbekiston, Xyuston, "NRG" stadioni, 23 iyun soat 22:00;
3-tur: Kongo DR — O‘zbekiston, Atalanta, “Mercedes-Benz Stadium” stadioni, 28 iyun soat 04:30.