Samarqandda III Butunjahon para-shaxmat olimpiadasiga start berildi
- 11.09.2026 17:05
- 2
- Sport
Samarqand xalqaro turizm markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida III shaxmat paralimpiadasi boshlandi.
Musobaqani O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Komil Sindorov, FIDEning maxsus topshiriqlar bo‘yicha direktori va nogironlar olimpiadasining FIDE texnik delegati Akaki Lashvili boshlab berdi.
Turnirda 31 mamlakatdan kelgan 41 ta jamoada 205 nafar shaxmatchi bellashmoqda.
Musobaqada O‘zbekistondan mezbon davlat sifatida uchta jamoa qatnashyapti.
Vakillarimiz birinchi turda Uganda, Hindiston va Venesuela terma jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.
Musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib,18 sentyabrgacha davom etadi.
15–29 sentyabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 26–27 sentyabr kunlari FIDE Bosh Assambleyasi yig‘ilishi (kongress) hamda FIDE prezidentligi va boshqa rahbar lavozimlarga saylovlar o‘tkaziladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qatag‘on davri qurbonlari xotirlandi
- 23 daqiqa avval
- Samarqand
O‘zbekchasi bor-ku, nega foydalanmaymiz?
- Bugun, 12:22
- Jamiyat
Talabalik maqommi yo mas’uliyat?
- Bugun, 10:34
- Ta’lim