Samarqandlik bolalar Dubayda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi
30 sentyabr kuni Dubay shahrida ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada Samarqand shahridagi “BMG School” o‘quv markazining o‘quvchilari –Tigran Xasanov birinchi va oliy o‘rinlarni va Farzunabegim Mamatova ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqaning eng hayajonli bosqichi final bo‘ldi. Finalga atigi uch nafar ishtirokchi — O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakillari chiqdi. Ular sahnada hakamlarning murakkab savollariga ingliz tilida javob berishdi.
Vatandoshimiz Tigran Xasanov birinchi bo‘lib javob berib, o‘zining bilim va ishonchini namoyish yetdi. Uning chiqishi hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Hakamlar hay’ati bir ovozdan o‘zbekistonlik o‘quvchini g‘olib deb topdi va bosh mukofot — xalqaro olimpiada kubogini topshirdi.
Bu g‘alaba o‘quvchilarining mehnati, ustozlarining fidoyiligi va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.
Hozirda mazkur o‘quv markazida 200 nafardan ortiq bola ta’lim olmoqda. Markazda o‘quvchilarga ingliz tili, matematika va rus tili fanlari zamonaviy va samarali metodlar asosida o‘rgatiladi. Har bir o‘quvchining bilim darajasi va individual ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratiladi.