Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

ÖzLiDeP endi faqat murojaatlar bilan çeklanmoqçimas, xalq muammosini hal etişda masʼuliyatni oşiradi

Samarqandda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat konferensiyasi bölib ötdi.

Unda partiyaning hisobot davridagi faoliyati sarhisob qilinib, saylovlarda erişilgan natijalar, aholi bilan muloqot, deputatlik faoliyati hamda amalga oşirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, saylovlar natijasida partiya Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 7 ta, xalq deputatlari viloyat Kengaşida 16 ta, tuman va şahar Kengaşlarida esa 136 ta deputatlik örniga ega böldi. Hisobot davrida deputatlar tomonidan 2695 ta sörov yuborilib, 378 ta sayyor qabul va 348 ta deputatlik jamoatçilik eşituvi taşkil etildi.

Partiyaning «Xalq bilan birga» dasturi doirasida aholi muammolarini joyida örganiş va hal etiş, ijtimoiy kömak körsatiş, bandlikni taʼminlaş hamda tadbirkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, mobil ştablar orqali 2572 nafar fuqaro bilan muloqot ötkazilib, 1042 ta muammo aniqlandi. Ularning 752 tasi ijobiy hal etildi.

Şuningdek, «Yurakka yöl», «Bir oila — bir homiy», «Tadbirkorlardan bolajonlarga», «Yoş fermerlar tajriba maktabi», «Işbilarmon ayol–2026» kabi taşabbuslar, IT va startap loyihalari orqali aholining turli qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, yoşlar va xotin-qizlarning taşabbuslarini rağbatlantiriş böyiça qator işlar amalga oşirildi.

Partiyaning taşkiliy salohiyati ham mustahkamlanib, boşlanğiç partiya taşkilotlari soni 1543 taga, aʼzolar soni esa 205 ming 525 nafarga yetdi.
Konferensiyada navbatdagi partiya Qurultoyiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi. Jumladan, tuman va şahar konferensiyalarida bildirilgan takliflarni umumlaştiriş, yangi siyosiy Dasturni işlab çiqiş hamda Qurultoy delegatlarini saylaş masalalari muhokama qilindi. Yakunda Qurultoy delegatlari saylandi.

Şu bilan birga, partiyaning kelgusi faoliyati uçun bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ular orasida tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, elektorat bilan muloqot samaradorligini kuçaytiriş kabi yönalişlar alohida örin tutdi.