Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Şaffof savdo - işonçli bozor: raqamli markirovka nimani özgartiradi?

Samarqand viloyatida tovarlar raqamli markirovkasi, onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalaniş va savdo qoidalariga rioya etilişi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar natijalari iqtisodiy faoliyatda şaffoflikni taʼminlaşning ahamiyatini yana bir bor körsatmoqda.

Bozorda işonç qanday şakllanadi? Albatta, xaridor uçun mahsulotning sifati, uning kelib çiqişi va xavfsizligi muhim. Tadbirkor uçun esa teng raqobat şaroiti, qonuniy savdo va barqaror işbilarmonlik muhiti katta ahamiyatga ega. Ana şu ikki manfaatni birlaştiradigan muhim omillardan biri tovarlar aylanmasining şaffofligidir.

Bugun raqamli markirovka tizimi aynan şu maqsadga xizmat qilmoqda. U mahsulotning işlab çiqaruvçidan isteʼmolçigaça bölgan harakatini kuzatiş, noqonuniy tovar aylanmasining oldini oliş, qalbaki mahsulotlarning bozorga kirib kelişini çeklaş imkonini beradi.

Bu esa, öz navbatida, halol tadbirkorning manfaatlarini himoya qiliş, isteʼmolçi işonçini mustahkamlaş va soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 833-son qaroriga muvofiq, ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalaş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilgan. Mazkur tizim talablariga rioya etiş tovar aylanmasi iştirokçilari uçun muhim majburiyat hisoblanadi.

Viloyat soliq boşqarmasining sayyor soliq tekşiruvlari bölimi hamda uning hududiy tuzilmalari tomonidan alkogol, tamaki, maişiy texnika, suv va salqin içimliklar, dori vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi subʼyektlarda markirovka talablariga amal qilinişi, şuningdek, savdo operatsiyalarining qonuniy rasmiylaştirilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Birgina joriy yil noyabr oyining ötgan davrida viloyatda mazkur yönalişlarda jami 53 ta sayyor soliq tekşiruvi ötkazildi. Ularning 11 tasi alkogol, 12 tasi tamaki, 3 tasi suv va salqin içimliklar, 4 tasi dori-darmon vositalari, 18 tasi umumiy ovqatlaniş hamda 3 tasi maişiy texnika savdosi sohasiga töğri keladi.

Nazorat tadbirlari davomida 53 holatda onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalanmasdan 89,7 million sömlik xizmat körsatilgani aniqlandi. Şuningdek, 9 holatda umumiy qiymati 116,4 million söm bölgan 2398 quti tamaki mahsuloti, 5 holatda esa 9 million sömlik 357 dona alkogol mahsuloti vaqtinçalik daliliy aşyo sifatida olib qöyildi.
Yana 21 holatda norasmiy işçilarni yollaş orqali faoliyat yuritiş holatlari qayd etildi.

Soliq maʼmuriyatçiligida raqamli texnologiyalardan foydalaniş nafaqat hisob-kitoblarni soddalaştirmoqda, balki fuqarolarning ham jarayonlarda faol iştirok etişiga imkoniyat yaratmoqda. Xususan, «Soliq hamkor» avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali kelib tuşayotgan xabarlar savdo sohasidagi qoidabuzilişlarni aniqlaş va ularning oldini olişda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.

Masalan, 17 noyabr kuni kelib tuşgan murojaat asosida Samarqand şahridagi «XXX» MÇJ savdo şoxobçasida ötkazilgan sayyor soliq tekşiruvida xaridorga 63 ming sömlik xarid uçun çek berilmagani, şuningdek, savdodan tuşgan 1 million 878 ming söm naqd pul kassa xotirasiga kiritilmagani maʼlum böldi.

Şu bilan birga, aksiz markalari mavjud bölmagan 23 turdagi, umumiy qiymati 85 million 135 ming sömlik 775 quti tamaki mahsuloti va elektron sigaretalar daliliy aşyo sifatida olib qöyildi.

Samarqand tumanidagi «XXX» savdo şoxobçasida ham şunga öxşaş holatlar qayd etildi. Xaridorga 177 ming sömlik xarid uçun çek berilmagan, 445 ming söm naqd pul kassa xotirasiga kiritilmagan. Bundan taşqari, aksiz markalari şubhali bölgan 259 dona alkogol mahsuloti hamda 14 quti tamaki mahsuloti daliliy aşyo sifatida olib qöyildi. Ularning umumiy qiymati 5 million 628,9 ming sömni taşkil etdi.

Samarqand tumanidagi «XXX» MÇJ savdo şoxobçasida esa 45 ming sömlik xarid uçun çek berilmagani, 240 ming söm naqd pul kassa xotirasiga kiritilmagani aniqlandi. Şuningdek, markirovka talablariga zid bölgan 1 million 475 ming sömlik 27 dona alkogol mahsuloti daliliy aşyo sifatida olib qöyildi.

Past Darğom tumanidagi «XXX» savdo şoxobçasida ham xarid çeki berilmagani, 2 million 360 ming söm naqd pul kassa xotirasiga kiritilmagani maʼlum böldi. Bu yerda markirovka talablariga zid bölgan, umumiy qiymati 10 million 500 ming sömlik 420 quti tamaki mahsuloti aniqlandi.

Uşbu holatlar savdo faoliyatida har bir operatsiyaning töğri rasmiylaştirilişi, tovarlarning kelib çiqişini tasdiqlovçi hujjatlar va markirovka talablariga amal qilinişi naqadar muhimligini körsatadi.
Ötkazilgan sayyor soliq tekşiruvlari natijasida töplangan hujjatlar belgilangan tartibda körib çiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 593,4 million söm jarima qöllaş belgilangan.

Albatta, tadbirkorlik faoliyatida qonunçilik talablariga amal qiliş, avvalo, tadbirkorning öz manfaatiga xizmat qiladi. Çunki tovarlarning qonuniy aylanmasi va savdo tuşumlarining töğri hisobga olinişi halol raqobatni taʼminlaydi, turli moliyaviy xatarlarni kamaytiradi hamda isteʼmolçilar işonçini mustahkamlaydi.

Şu maʼnoda, raqamli markirovka tizimiga rioya etişni faqat majburiyat sifatida emas, balki zamonaviy va masʼuliyatli tadbirkorlik madaniyatining muhim qismi sifatida qabul qiliş lozim.

Samarqand viloyati soliq xizmati organlari tomonidan mazkur yönalişdagi nazorat va profilaktika tadbirlari davom ettirilmoqda. Zero, maqsad tadbirkorni jazolaş emas, balki uning qonuniy faoliyat yuritişiga kömaklaşiş, bozorda teng raqobat şaroitini yaratiş va isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qilişdir. Şaffof savdo muhiti esa davlat, tadbirkor va jamiyat manfaatlari muştarak bölgandagina qaror topadi.

Azamat Samatov,

viloyat soliq boşqarmasi sayyor soliq tekşiruvlari bölimi boşliği.