Soliqqa oid 8 ta qarorga prokuratura organlari tomonidan protest kiritilgan
Viloyat prokuraturasi tomonidan sohaga oid qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llash doimiy nazoratga olingan.
Xususan, shubhali moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i asossiz hisobga olinganligi, javobgar va qo‘shimcha javobgar o‘rtasida shartnoma (bitim)lar qalbakiligi holatlari aniqlanib, ularning oqibatlarini qo‘llash va javobgarlardan 3 mlrd. 479 mln. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish borasidagi 6 ta ish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan apellyasiya tartibida protest keltirilgan. Mazkur protestlar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha davlat ijrochilarining qarorlariga asosan ijrosiz qaytarilgan ijro ishlarini tamomlash haqidagi 8 ta qarorlarni bekor qilish haqida prokuratura tomonidan protestlar kiritildi.
Mazkur qonunbuzilishlarni bartaraf etish va bu yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Samarqand viloyat prokuraturasi organlari, iqtisodiy sudlar, MIB va soliq organlari bilan hamkorlikda seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.